Majnun

Seni majnun hajringda to'lg'onoman
Layli misol vaslingda devonaman
O'zim bir bor qo'lingdan tutmay turib
Yellar o'psa yuzingdan qizg'onaman

Layli o'zim
Maftun o'zim
Mamnun o'zim
Mahzun o'zim

Yer aylanur ko'k aylanur
Dunyo o'zim gardun o'zim
Yonimdasan jonimdasan
Poyingda parvonaman

Seni majnun hajringda to'lg'onoman
Layli misol vaslingda devonaman
O'zim bir bor qo'lingdan tutmay turib
Yellar o'psa yuzingdan qizg'onaman

Sochingni o'ynasa xil xil shamol
Yuzingdan taralsa gul gul jamol
Xijronlar bor yomonlar bor
Vafosi yo'q yolg'onlar bor
Bizga ziyon yetmasmu deb o'ylonaman qo'rqonaman

Seni majnun hajringda to'lg'onoman
Layli misol vaslingda devonaman
O'zim bir bor qo'lingdan tutmay turib
Yellar o'psa yuzingdan qizg'onaman

by Mukhammadqodir Rasulov



Credits
Writer(s): Sh. Kholmuradov, Mukhammad Yusuf
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link