Qolaymi, Ketaymi

Yonimda bo'lsang ham
Go'yo mendan olisdasan
Dilingda boringni nega
Ochiq aytolmaysan?

Menga ko'ngling bormi o'zi
Meni sevasanmi?
Qanday bilsam bo'lar
Senga kerakligimni?

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Seni balki tinch qo'yaymi men
Meni ham, o'zingni ham, jonim
Qiynamagin

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Bir umrga tark etaymi men?
Sendan kutgan orzularimdan
Voz kechaveraymi men?

Balki beg'ubor sevgingni
Kimdir xor etganmi?
O'sha kimdir bergan ozor
Qalbingda qolganmi?

Bilgim kelar
Olgim kelar sening dardlaringni
Qanday bilsam bo'lar
Senga kerakligimni?

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Seni balki tinch qo'yaymi men?
Meni ham, o'zingni ham, jonim
Qiynamagin

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Bir umrga tark etaymi men?
Sendan kutgan orzularimdan
Voz kechaveraymi men?

Bir umrga tark etaymi men
Voz kechaveraymi

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Seni balki tinch qo'yaymi men?
Meni ham, o'zingni ham, jonim
Qiynamagin

Qolaymi, aytgin, ketaymi men?
Bir umrga tark etaymi men?
Sendan kutgan orzularimdan
Voz kechaveraymi men?



Credits
Writer(s): Lola Yuldasheva
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link