Bino

O'n beshinchi qavatdaman
Boqaman derazamdan to'g'riga
Bir qo'limda qora qahva
Birida sening surating

Shahar uyquga ketmoqda yana
Chorraxalarda o'chadi chiroq
Men turgan binoga bir bor qara
Faqat mening xonam yonib turar

Ko'zlaringni sog'inaman yiroqdan
Lek, zo'rg'a ko'rinadi jisming
So'zlaringni sog'inaman uzoqdan
Lek, shahar shovqini jim turar

Sen nega yashaysan meni ro'paramda?
Ro'paramdagi baland binoda?
Ko'rgim kelar ko'zlaring
Sog'inganman hidlaring
Zo'rg'a ko'rinar jisming

Sen nega yashaysan meni ro'paramda?
Ro'paramdagi baland binoda?
Ko'rgim kelar ko'zlaring
Sog'inganman hidlaring
Zo'rg'a ko'rinar jisming

O'n to'rtinchi qavatdasan
Onda-sonda ko'z tashlab o'tasan
Xonangda yopilgan parda
Soyang yashar ro'paramda

Sog'inganman nigohlaring
Shamol olib kelsin hidlaring
Men turgan binoga bir bor qara
Faqat mening xonam yonib turar

Taqdir olib qo'ydi seni mendan
"Yo'q" dedi hatto uydagilaring ham
Biz yashaymiz bir biriga qaragan binoda
Sen u yoqda, men bu yoqda

Yor, tez-tez ko'z tashlab turgin men tomonga
Sog'inchlarim cho'ktirmoqda asta armonga
Shahar uyquga ketib bo'ldi, faqat sen bilan men
Boqamiz uzoqdan bir birimizga

Ko'zlaringni sog'inaman yiroqdan
Lek, zo'rg'a ko'rinadi jisming
So'zlaringni sog'inaman uzoqdan
Lek, shahar shovqini jim turar

Sen nega yashaysan meni ro'paramda?
Ro'paramdagi baland binoda?
Ko'rgim kelar ko'zlaring
Sog'inganman hidlaring
Zo'rg'a ko'rinar jisming

Sen nega yashaysan meni ro'paramda?
Ro'paramdagi baland binoda?
Ko'rgim kelar ko'zlaring
Sog'inganman hidlaring
Zo'rg'a ko'rinar jisming



Credits
Writer(s): Zohid Riskiyev
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link