Rashk Qilasanmi

Ataylab, e ataylab kech keldim bugun
Yorim xafa bo'larmikan deb
Yuragida bormi deya tugun
Qaydaligim so'rarmikan deb

Astagina o'zim oldim-o
Boshdan-oyoq nazar soldim-o
Shubhaga ham borib qoldim-o
Mani yaxshi ko'rarmikan deb

Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg'onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?

Har mahal erkalab, "oyim" desam
Ro'zg'orim, ham uyim-joyim desam
Ko'nglingni bilmoq uchun ataylab
Yolg'ondan bor bitta xatoyim desam

Rashk qilasanmi? O', qizg'onasanmi?
E, balki yurak dardim bilmaysan-ey
Bilsang ham yo siring bermaysan-ey
Jo'rttaga egnimdan tola soch topib
Mazza qilib to'polonlar qilmaysanmi-yey?

Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? E, qizg'onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi-ey?

Istagim – yo'limga bo'l intizor
Rashkning ham sevgida quvvati bor
Beparvolar bo'lib, o'ynab-kulib
G'aflatda qolmagin, deyman nigor

Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? Jonim, qizg'onasanmi?
Rashk qilasan-ey, qizg'onasan, rostini ayt!

Rashk qilasanmi? Qizg'onasanmi?
Sevgida manchalik yona olasanmi?
Rashk qilasanmi? O'zi qizg'onasanmi?
Yo manga shunchalik ishonasanmi?

Yo manga mandan ko'p ishonasanmi?
Ataylab kech keldim bugun...



Credits
Writer(s): Fayz Allisher
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link