Noraso

Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt...

O'rgimchak to'ri -
Bu degani qoradori.
Zo'r ekan uning xumori,
Ko'rinmaydi ona zori!
Bari yigitlarning zo'ri
Qoradori xaridori.
Kechagina mard bola
Bugun shunchaki bezori.
Manman degan edi "zo'rman"
"Bugun endi kimman?"
Degan savol ko'ndalang.
Ahvolini qarang:
Ko'zidagi nur qani?
To'kilib boradi bola,
Yonidagi pul qani?

Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!

Oq-qora rang
Hayotni qarang!
Arang nafas oladi,
Unga kim havas qiladi?
Hamma umid so'ndi.
So'ndi oxirgi tilak
Ila kuchsiz bilak,
Chirigan yurak
Chalajon bechora!
Nafrat yog'iladi birma - bir,
Unutilib ketadi kechigi kun.
Bosadi qora tun.
Azobi cheksiz, tengsiz g'aflatda,
Noraso albatta.
(Keragi yo'q)

Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q.
Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, ketmagin past.

O'rgimchak to'ri,
Bu degani qoradori.
Zo'r ekan uning xumori.
Ko'rinmaydi ona zori!
Bari yigitlarning zo'ri
Qoradori xaridori.
Hayotining bori-yo'g'i kayf-safo,
O'zicha bilmay ilinadi
Tanasi ila, barisi balo, mubtalo.
Adoyu tamom qorayib ketadi olam.
Bema'ni, behayo.
Batamom bo'ladi tamom.
Bora bora bu bola
Arosat orasida noraso.

Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!
Bu baxt emas, bu — bu qora hayot
Bu baxt emas, qayt, keragi yo'q!

Bu baxt emas, bu baxt emas,
Bu qora xayot.



Credits
Writer(s): Shahzod Gulomov, Bahodir Usmanov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link