Begim

Bizlar qachon bo'ldik begona?
Boshqalar ko'zida ko'ngil yagona.
Mening qalbim har dam sizga devona,
Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Aslo o'ylamang, orqaga yo'l yo'q,
Sizga javob yo'qdir, ko'ngil bo'lsin to'q.
Lekin yurak og'rir, tegdi bitta o'q,

Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Farzandlar ko'ziga qanday qarayman?
Endi men sizni kim deb atayman?
Mag'rur boshim egib, o'yga ketay man,

Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Unga xo'b yoqasiz – davlatingiz bor,
Sizni xush ko'radi, savlatingiz bor.
Ammo bir kun sizni qilar xoru-zor,
Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Siz bilan boraman, o'tga-cho'qqa ham,
Bir burda nonni ko'raman baham.
Endi ketmayman deb ichasiz qasam,
Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Ko'zingizda ko'rdim o'zga ayolni,
Begim, yig'ib oling, deydi xayolni.

Bizlar qachon bo'ldik begona?



Credits
Writer(s): Hilola Hamidova
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link