Netayin

Yoq, endi bu qora ko'zlaringni
Men boshqa ko'ra olmasman, jonim
Kechir meni, seni qo'llaring endi
Hech qachon erkalolmaydi meni

Netayin, jonim, orzularimiz osmon edi
Netayin, jonim, bizga vafo qilmadi sevgi
Netayin, senga azobdan o'zgani qoldirmadim
Kechirgin, yuragingni yoshladim

Netayin, jonim, bilaman senga og'ir botar
Netayin, jonim, endi umrimiz shundoq o'tar
Netayin, taqdir changalidan qochib ketolmadim
Netayin, bu dodlarim yetmadi

Yoq, endi bu qora ko'zlaringni
Men boshqa ko'ra olmasman, jonim
Kechir meni, seni qo'llaring endi
Hech qachon erkalolmaydi meni

Bu hayotda men
Seni baxtiyor ko'rsam deyman

Netayin, jonim, sog'inchlarim yenga olmasman
Netayin, jonim, yoningga ham bora olmasman
Netayin, o'zimda emas ixtiyorim meni
Netayin, bardoshlarim qolmadi

Yoq, endi bu qora ko'zlaringni
Men boshqa ko'ra olmasman, jonim
Kechir meni, seni qo'llaring endi
Hech qachon erkalolmaydi meni

Bu hayotda men
Seni baxtiyor ko'rsam deyman

Baxt, baxt, yana qanday baxt?
Hayolimga keltirmasman sensiz hayotni
Balki, beraolmasman senga boylik, taxt
Hayot shumi, taqdir shumi, qani haqiqat?

Bag'ishladim senga hayotimni, vujudim, borlig'im, yuragimni
Bilar edingku sen uchun yashashimni
Balki, chiday olarman ko'rmasam buni
Qani, ojiz bo'lib qolsa ko'zlarim meni

Yoq, endi bu qora ko'zlaringni
Men boshqa ko'ra olmasman, jonim
Kechir meni, seni qo'llaring endi
Hech qachon erkalolmaydi meni

Bu hayotda men
Seni baxtiyor ko'rsam deyman



Credits
Writer(s): Lola Yuldasheva
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link