Duk-Duk

Parvonalar bo'lsangiz hamki, devonalar bo'lsangiz hamki xom xayolga berilib manki, o'zim sizni qizg'onaman negadir.
Rashk qilasiz hatto hammadan, hatto soya sharpadan, yana nechun tinmay dambadam, buncha sizni qizg'onaman negadir.
O'zim sizni qizg'onaman negadir.
Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi.
Hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi
Yoningizdan o'tsa go'zallar, ko'zi qoshi qora qalamlar, sizdan ko'ngil to'q lek alamlar, rostidan rost qizg'onaman negadir.
Sizni o'ylab yonsam o'zim ham, gohi so'ylab tonsam so'zimdan, goh arazlab goho o'zimdan, o'zim sizni qizg'onaman negadir, buncha sizni qizg'onaman negadur.
Duk-duk-duk yurak uraveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi, hayol tinchligimni buzaveradi, yana sizni ko'rgim kelaveradi



Credits
Writer(s): Dildora Niyozova
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link