Darak Yo'q

Qishlar ham o'tdi, sendan esa darak yo'q
Bahoru yozlar o'tdi, sendan darak yo'q
Xazonlar to'kildi kuzda, darak yo'q

Oradan qancha yillar o'tdi, xabar yo'q
Sen ketgan kundan beri menda orom yo'q
Charchadim, sensizlikka malham yo'q

Qaytmasliging bilsam ham, nega kutaman?
O'zimni balki shu bilan ovutaman!
Bilmayman, endi sensiz netaman?

Sog'inchimga aslo qarshi borolmayman
Unutay deyman-u, lek unutolmayman
Tinmayman, seni yana kutaman

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim sen o'zing!

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim o'zing
Faqat o'zing!

Senga aytolmagan hali so'zlarim bor
Bir ozga bo'lsa ham yo'qlasayding bir bor
Quchardim, rozi edim so'nggi bor (So'nggi bor)

Xayr demay ketding, senga to'yolmadim
Vidolashishga ham aslo ulgurmadim
Bilmadim, sendan o'zga demadim, demadim

Balki hali ham kech emasdir, ber sado
Paydo bo'lsang, quvonchdan bo'laman ado
Ketmasdim, yoningdan bir zum aslo, hech aslo

Telbaga aylanmoqdaman men tobora
Ko'zlarim seni izlash bilan ovora
Dardimga topolmadim bir chora

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
Yuragim dardi, dardi, dardi sen o'zing

Xayolimda sen o'zing
Yuragimda sen o'zing
O mani dardim, dardim, dardim o'zing
Faqat o'zing!

Senga utloza qilsam, sendan darak yo'q!
Ko'z yoshlarim qolmadi, sendan darak yo'q!



Credits
Writer(s): Shohruhxon
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link