Ona

O'tadi kun, o'tadi tun, o'tadi oy-yil,
Qalbim hamon mehrga moyil.
Do'stu-yorim, yaqinlarim yaxshi kunimda
Yonimdasiz hamisha qoyil.
Kim uchun suyunib, kim uchun yana kuyunib,
Kunlarim osuda chog'ida,
Xayollarga tolaman, dilga savol solaman,
Yana o'ylanib qolaman goh-gohida.
Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko'nar,
Bergan ozorimga ko'nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek?
Har ko'chada yurmadim, berdi Xudo omadim,
Ming bor shukr har bir kunimga.
Qoqilmadim, sinmadim, ortimga chekinmadim,
Hamma keldi birin-ketin yonimga.
Ko'pdir menga parvonalar, yaqinimu begonalar,
Barchasi qadrdonlarim.
Ishlarim joy-joyida, yorim tengsiz chiroyida,
Keldi manga davru-davronlarim.
Kim mani jonimga kuyar,
Dardimni dardiday tuyar,
Kim mani jonidan suyar onamdek?
Kim mani borimga ko'nar,
Bergan ozorimga ko'nar,
Tunlari boshimda tunar onamdek?



Credits
Writer(s): Shohruhxon
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link