Umr O'taveradi

Tonga tunga aldanib
Umr o'taveradi
Azob bersang bir og'iz
Uzr o'taveradi
Umrim sensiz o'taveradi
Yoshlik yolg'iz o'taveradi
Umidlarga zanjirband yurak

O'rik gullab barg to'kar
Bahor o'taveradi
Nechchi yillar shu zayil
Takror o'taveradi
Rahmatlar ham o'taveradi
Nafratlar ham o'taveradi
Umidlarga zanjirband yurak

Ko'zlarda umidlar yig'lar
Qaytarmu deb
Xayollar qalbimni tig'lar
Qaytarmu deb
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u der
Qaytar u der
Umrim o'tar

Mag'rurlikga bosh egib
Hayot o'taveradi
Sen o'zinga dushman deb
Isbot o'taveradi
Umrim sensiz o'taveradi
Yoshlik yolg'iz o'taveradi
Umidlarga zanjirband yurak

Ko'zlarda umidlar yig'lar
Qaytar u deb
Xayollar qalbimni tig'lar
Qaytarmu deb
Ertamga ishongim kelar
Qaytar u der
Qaytar u der
Umrim o'tar

Tonga tunga aldanib
Umr o'taveradi
Azob bersang bir og'iz
Uzr o'taveradi
Umrim sensiz o'taveradi
Yoshlik yolg'iz o'taveradi
Umidlarga zanjirband yurak

Umr o'taveradi
Yoshlik o'taveradi



Credits
Writer(s): Yakzon, Jasur Abdurahmonov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link