Yonma yurak

Mana yana sevgi suvin ichdi yurak,
Mana yana o'z-o'zidan kechdi yurak.
Bilmam, yana qancha yonish-kuyish kerak,
Mana yana o'z joyidan ko'chdi yurak.

Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qo'yma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolg'on ertak?

Yurak, seni o'zi ne o'y o'rtamoqda?
Sevgin, deya seni ne ko'y undamoqda?
Sening darding bo'lak, uning dardi bo'lak,
Sen qayoqdasan-u yurak, u qayoqda?

To'ymadingmi shuncha yonib yolg'onlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?
To'ymadingmi shuncha yonib yolg'onlardan,
Shuncha alam, xiyonatu-hijronlardan?

Yonma yurak, kuyma yurak, suyma yurak,
Yana jonim azoblarga qo'yma yurak.
Qadring bilmaganni sevish nega kerak?
Qachongacha eshitursan yolg'on ertak? (+)



Credits
Writer(s): Dildora Niyozova
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link