Osmonlarda

Seni uzatishdi boshqaga
Ko'rib turib, ketayabman orqaga
Ko'nglimni so'ramadi hech kimsa
Aytaqol sevishingni boshqaga

Ayrilgan kunimizdan bo'lmadi menda halovat
Yuragimga otilgan o'q, bitmayapti jarohat
Qancha yana davom etar o'rtadagi adovat ayt, ayt?

Bilmadim ne kechadi holatim, o'ylama faqat
Balki, bizga berilgan muhabbatdan tugadi vaqt
Uyingdagilar orzusi seni baxting emas, taxt, ha, ha

Yig'layverma, ko'rishamiz osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda
Jimgina, kel yashaylik xayollarda, xayollarda, xayollarda

O'rtada yo'q ishonch, gapir ayblaringni
Parchalangan muhabbat sen taraf, men taraf
O'zingni qo'lga ol, endi sevgi uvol
Tushunmasdan ko'ngil, sen taraf, men taraf

Senga berdim savol, kutaman – yo'q javob
Sinib bo'lgan sevgi sen taraf, men taraf
Hey, sen taraf, men taraf

Dardlarimni aytolmadim, sog'inganda borolmadim
Seni baxtli qilolmadim, o'zimni kechirolmadim
Ko'z yoshlaring artolmadim, bag'rimga to'yib bosolmadim
Sochlaringni silolmadim, o'zimni kechirolmadim

Yig'layverma, ko'rishamiz osmonlarda, osmonlarda, osmonlarda
Jimgina, kel yashaylik xayollarda, xayollarda, xayollarda



Credits
Writer(s): Xamdam Sobirov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link