Parcha-parcha

Bilmadim, ne gunohimga berilgan bu jazolar
Xasratim dilim tubida yashar, bitmas azoblar
Tunlarim kunduzlarimga qadar bedorman
O'ylayverib yolg'onlaringni bugun bezorman

Yolg'ondan to'kasan yosh, bilib turib berdim bardosh
Buncha niqoblaring ko'p, bunchalar ham bag'ring tosh?
Azoblayvermagin, bo'ldi, tomib sabr kosam to'ldi
Chin mehrni kutgandim, umidim uzildi, so'ndi

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha

Bilaman, tilingdagi dilingga mos emas
O'z ko'zlarim bilan ko'rdim, isboting shart emas
Men xato qilibman sirlarimni ishonib
Sendek xatoyim ham endi hech kimga sir emas

Yolg'ondan to'kasan yosh, bilib turib berdim bardosh
Buncha niqoblaring ko'p, bunchalar ham bag'ring tosh?
Azoblayvermagin, bo'ldi, tomib sabr kosam to'ldi
Chin mehrni kutgandim, umidim uzildi, so'ndi

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha

Aldanib qalbim kuydi, yolg'onlaringdan to'ydi
Aslo ishonmay qo'ydi yaxshilar boriga
Borligingda aldanib, yo'qligingda qiynalib
Yashashdan ketdim to'yib, bo'ldi bas, qiynama

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha

Yurak tilka parcha, parcha, parcha
Chekdim azoblar qancha, qancha, qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha



Credits
Writer(s): Alisher Zokirov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link