Unamaydi

Yagonaman o'zim dema
Ayriliqni shirin dema
Mendan o'zga yoring bo'lsa...
Mendek ko'zi qora qayda?

Ko'zda uyqu, uyingdasan
Men g'aribni o'ylamaysan
Tushlaringga kirib tunda
Yalinsa ham unamaysan

Ey, so'zlari shirin ozor
Yoringni diydorlamaysan
Nolalarga dilim to'ldirib
Buncha e'tiborlamaysan!

Ko'yingda devonaholman
Ostonangga yo'latmaysan
Qachon endi o'zing kelib
Ozorimga unaysan?

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi...
Eshitsaydi, qalb kulba

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi, unamaydi

Unut bo'ldi uzun tunlar
Yig'laydi sim-sim yulduzlar
O'zimni ham unutdim man
Ko'rib xatto tanimaysan

Jonim bitta qiynamagin
Hayotimni sindirmagin
Yetolmasam, endi sensiz...
Bu dunyoda yasholmayman!

Ey, so'zlari shirin ozor
Yoringni diydorlamaysan
Nolalarga dilim to'ldirib
Buncha e'tiborlamaysan!

Ko'yingda devonaholman
Ostonangga yo'latmaysan
Qachon endi o'zing kelib
Ozorimga unaysan?

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi...
Eshitsaydi, qalb kulba

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi, unamaydi

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi...
Eshitsaydi, qalb kulba

Unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi, unamaydi

Yana unamaydi...
Unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi...
Eshitsaydi, qalb kulba

Unamaydi...
Yana unamaydi, yo tovba
Eshitsaydi, unamaydi



Credits
Writer(s): Shohruhxon
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link