Erkak

Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak,
Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha'nini tutib turguvchi,
Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak.
Umidi uzilsa qoshi-hiloldan,
Mehr ko'rmasa gar sohibjamoldan,
Xudo nasib etmasa jufti-haloldan,
Sarg'ayib-sarg'ayib so'narkan erkak. {}
Yuragi qonini tuproqqa qorib,
Imorat solarkan yog'ochlar yorib.
Uzun kechalarda Haqqa yolvorib,
Farzandiga iqbol tilarkan erkak. {}
Umr o'tar, kelar turnalar qaytib,
Eski dardlar qalbin tirnalar qaytib,
Ayoli dardini yig'lasa aytib,
Zor yig'lab, yolg'ondan kularkan erkak. {}
Umr o'taverar bag'rini o'yib,
Musibat qiynaydi, bepichoq so'yib.
Ayolin ko'ksiga boshini qo'yib,
Goho tik oyoqda o'larkan erkak. {}
Rizqi-ro'z ishqida bir joni halak,
Mag'ribu-mashriqni kezar jonsarak.
Oila sha'nini tutib turguvchi,
Tosh o'tmas qo'rg'oni bo'larkan erkak.



Credits
Writer(s): Janob Rasul
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link