Men Ketaman

Nega meni qoralab
Yuragimni qoralab
Mahallamdan mo'ralab
Sotilding yuragimda bor alam

Yurding nega qoralab
Ko'chalarim mo'ralab
Yuragimda bor alam
Men ketaman qoshlari qalam, alam, alam

Choralarni izlamay, ketaman
Shu ketishda sog'inib, netaman
To'xta mayli ochig'ini, etaman
Men ketaman, sendan ketaman

Tutdim soching tolasi
Asrolmadim sevging donasi
Huvillab qoladi o'sha eski xonamiz
Aybimiz sanab, bir-birimizdan tonamiz

Dilni tildi bola
Yurak qildi nola
Tildi so'ngi chora
Chora yo'qmi chora

Dilni tildi bola
Yurak qildi nola
Tildi so'ngi chora
Chora yo'qmi chora

Alloh ko'zimni och
To'g'ri yo'ldan adashtirmagin
Men ketaman sevganimga
Qayg'u qalashtirmagin

Aqlim bilan qalbimni
Ayirib talashtirmagin
Ajraldik menga yaxshi
Qaytib yarashtirmagin

Yana qayta azoblarga
Duchor bo'lish yaxshimi?
Bilib qo'ysin topolmaydi
Mendek buyuk baxshini

Bugun hayot berdi qarang
Zarbalarni qaqshatib
Yolg'iz yashayman undan ko'ra
Kelsa ham-ki daxshati

Erta ketdi, bola
Qoldi, so'ldi, lola
Qizda qoldi, nola
Rashkdan to'ydi, bola

Qaytar balki zora
Endi ko'ngli tora
Sahrodaman ko'rinmaydi soya
Borolmayman oyoq ostidaman, loya

Asrasin Xudo uni, qolgan jonini
Men olib ketibman uni, baxt tumorini
Asrlar o'tsa ham bosolmay xumorini
Yuzimga aytib tashladi, bor gumonini

Menda yo'q sabr, menda yo'q vijdon
Gumon iymondan ayirar, qiynaydi hijron
G'ururim bilan, chiqishmaydi ong
Tunlari menga hamroh, otmayapti tong

Dilni tildi bola
Yurak qildi nola
Tildi so'ngi chora
Chora yo'qmi chora

Dilni tildi bola
Yurak qildi nola
Tildi so'ngi chora
Chora yo'qmi chora



Credits
Writer(s): Uzmir
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link