To'rt Qadam

Sog'inchim - o'zing, jonim, bilasanmu?
Mehrim senda, jonim, sezasanmu?
Seni ko'rgim keladi dunyoda...
Yakka o'zimniki degim keladi

To'rt qadam qoladi yetishga senga
To'rt qadam qoladi yetishga menga
Lekin chekinamiz nega orqaga?
Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga?

Nega ishonmayman o'zimga?
Nega ishonmaysan o'zingga?
Axir, balki, bu taqdir
Taqdir balki bu, axir

Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim
Qalbim eziladi, sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni
Kim menchalar asraydi seni, seni?

Unutishga intildim seni, jonim
Unutishga intilding meni, zorim
Ma'no bormi, qalbimiz vayron axir
Ayriliq azobi qanchalik og'ir

Nega ishonmayman o'zimga?
Nega ishonmaysan o'zingga?
Axir, balki, bu taqdir
Taqdir balki bu, axir

Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim
Qalbim eziladi, sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni
Kim menchalar asraydi seni, seni?

To'rt qadam qoladi yetishga senga
To'rt qadam qoladi yetishga menga
Lekin chekinamiz nega orqaga?
Qo'rqamizmi baxtli bo'lishga?

Nega ishonmayman o'zimga?
Nega ishonmaysan o'zingga?
Axir, balki, bu taqdir
Taqdir balki bu, axir

Ko'z yoshlarim tomadi tim-tim
Qalbim eziladi, sen bo'lmasang kim?
Kim senchalar sevadi meni
Kim menchalar asraydi seni, seni?



Credits
Writer(s): Shahzoda
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link