Falak

Dunyoda tentirab yurgani o'zim,
Bormikan mening ham bir shirin so'zim,
Sarg'ayib ketdiyu bu qaro ko'zim,
Nechun ozorimga to'ymading falak?
Qolmadimi yoki yomoning bo'lak?

Xatto qumursqangga ozor bermadim,
Nobud qilmay deya gullar termadim,
Nomardlar oldida boshim egmadim,
Nechun ozorimga to'ymading falak?
Qolmadimi yoki yomoning bo'lak?

AkbarshohZiyoMadad

Osmondagi oydek to'ldirmading hech,
Do'stlar davrasida kuldirmading hech,
Yorim quchog'iga to'ydirmading hech,
Nechun ozorimga to'ymading falak?
Qolmadimi yoki yomoning bo'lak?

Kimnidir yonida yori giryona,
Ko'nglini shod etib bo'lar parvona,
Ayt nechun men hanuz bo'ldim sarsona,
Nechun ozorimga to'ymading falak?
Qolmadimi yoki yomoning bo'lak?

Kechir arzlarimni to'kdim senga yor,
Qilma mani bu dunyoyingda hor,
Endi sendan bo'lak mening kimim bor,
Hech ham ko'zlaringni uzmagil falak!
Sendan o'zga dardim tinglar kim bo'lak?
Nechun ozorimga to'ymading falak?
Qolmadimi dunyoyingda yomoning bo'lak?



Credits
Writer(s): Asilbek Amanulloh
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link