Hayot

Yo-yo

Niyatiga yetadi baribir bir kuni
Har xil mayda gaplarning olovsiz tutuni
Bularning boshida turadi bir narsa
Hasad, ko'raolmaslik, qo'rqoqlik shu narsa

Qancha chidash mumkin yolgon, tuxmatlarga?
Ko'zingni yumib, yutib o'tasan qachongacha?
Ey hayot meni majbur qilmagin qasosga
A'lam ustida o'tib ketmay shayton yo'liga

Bergin kelsa, bergin hayot oldin dushmanimga
Manga beraqolgin qachon kelib qolsam hayolinga
Endi imkonimga qarab qilaman orzuni
Endi sal-pal chaqib qoldim hayotning mag'zini

Xursand qilib, erkalatib o'xshatding zorimni
Endi nimaga yig'latib, olib qo'yding borimni?
Sog'indim soddaligimni, tutadi xumori
Aniq bildim har nimani kerakdir me'yori

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Ayblar aytilmas to'gri yuzlarga
Eshitilmay qoladi, haqiqat yo'q
Payt keladi ko'z tushganda ko'zlarga
O'yaman deganda biror cho'p yo'q

Odamzod siqilib o'ylaverma armonni
Yengil deb ko'ngil bermagin qiyinga
Bermasa qo'yavergin bu zamonni
Sog'liginni asragin san keyinga

Aytdimku sal-pal tushundim hayot o'yinini
Bildim, sekin o'pirarkan ravon yo'lini
Kimdir qolib ketsa o'nqir-cho'nqirida uni
Sinab, kuzatib tekshiradi odam kuchini

Kuchga nima kiradi? — Iymon, vijdon, uyat
Baribir hayotda yo'q ekan haqiqat
Endi hayot berganini ko'zimga suraman
Bermaganiga Xudo xohlasa kurashaman

Boya eytganimde ko'nglim nimani qilsa xumor
Endi bildim har nimaga kerak ekan me'yor

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Man Shoxruxman
Man aniq bilaman
Bu dunyoda hamma narsa Xudodan

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon

Har kun bersa yaxshi
Har kun bo'lsa yomon
Kam-kam bersa yaxshi
Ko'p-ko'p bo'lsa yomon



Credits
Writer(s): Shokhrukh Shadmanov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link