Kelmasa Malol

Kelmasa malol
Kel yonimga bir bor
Qo'llaringdan tutay
Sog'inchimni yengay

Kelmasa malol
Qil qayta baxtli
Yo'qliging tufayli
Yemay qo'ydim deyarli

Avval sezilmadi
Sekin-asta boshladi
Talpinib sen tomonga
Hislar sen tomonga

Avval ezilmadim
Har xil yo'llar izladim
Lek afsus topolmadim
Seni unutolmadim

Ko'zlaringdaman derding meni
So'zlaringdaman derding meni
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo'qsan bugun?

Aybim bo'lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo'yding, ayt?
Nega o'zgarib ketding
O'zgalarga ketding?

Kelmasa malol
Esla meni bir bor
Sen eslagan tuni
Tushimga kirgin takror-takror

Agar kelsa malol
Unda hammasi tamon
Hammasi yolg'on
Bir umrga menga
Bo'lib qolding armon

Tunlar uni o'yladim
U esa o'ylamadi
Tushlarimda kutardim
U esa bir kelmadi
Nahotki sog'inmadi mani?

Ko'zlaringdaman derding meni
So'zlaringdaman derding meni
Qaysi qilgan aybim uchun
Yonimda yo'qsan bugun?

Aybim bo'lsa, yuzimga
Nega javob yozmay qo'yding, ayt?
Nega o'zgarib ketding
O'zgalarga ketding?



Credits
Writer(s): Zohid Riskiyev
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link