Ko'ngil

Qiynaladi dil, sog'inib ko'ngil seni
Yolvordim deya, jonginam, qutqar meni
Yozdim minglab xat, bir dona javob kelmas
Bir so'zsiz ayon, men senga ortiq kerakmas

Qiynalar dil, og'rib ko'ngil
Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu
Qiynalar dil, og'rib ko'ngil
Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu

Qachonlardir bir birimizsiz ololmasdik nafas
Ishongim kelmas, endi man senga kerakmas
Atrofimni egallab oldi qandaydir ko'rinmas qafas
Shu qafas bermas olishga nafas

Yozdim minglab xatlar, bergin deb yordam
Kutdim minglab dardlarimga malham, kelmadi javob ham
Faqat sen va men deb o'ylardim shu kungacha
Afsus, adashib yurgan ekanman bugungacha

O'tkazilgan shuncha yil, alam tirnab bag'rimni yirtmoqtadir
Yurak kechir, man uni sevardim jonimdan ortiq
Bugun esa ketdim bir chetda qolib
Yurak man adashdim, mani kechir

Oldinda sog'inchlardan battarrog'i kutmoqtadir
Qiynalar dil, og'rib ko'ngil
Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu
Qiynalar dil, og'rib ko'ngil
Qiynalmadi ham u, alam qilgani shu



Credits
Writer(s): Zohid Riskiyev
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link