Musofir

Yoningga bormasam
Bag'rimga bosmasam
Va'dasi yolg'on dema
Musofirdan qaytmasam

Do'stlarim uylanib ketdi
Bolali bo'lib ketdi
Yig'lagim kelib ketdi
Musofirdan qaytmasam
Onamni sog'indim
Musofirdan qaytmasam

Xatlarim bormayaptimi?
Javob berging kelmayaptimi?
Sovchilar qo'ymayaptimi?
Musofirdan qaytmasam

Pul topish oson emas
Ishlarim yomon emas
Yo'q netay, O'zbekiston emas
Musofirdan qaytmasam
Qishlog'imni sog'indim
Musofirdan qaytmasam

Sovuqdan qo'llarim titraydi ona
Qo'limda rasmingiz, sog'indim ona
Sog'-omon yuribman, qayg'urmang ota
Qaytaman yurtimga, qaytaman

Qo'ng'iroq qilganda hayajon bosar
Yuragim arqonga o'zini osar
Sevgilim sog'inchi qalbimda yotar
Qaytaman yurtimga, qaytaman
Sovchilikka boring endi, onajon
Men bugun yurtimga qaytaman!



Credits
Writer(s): Xamdam Sobirov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link