Hijron

Hijron yurak bag'rim chaqqan kuni, chaqqan kuni,
Qo'li qo'llarimdan chiqqan kuni, chiqqan kuni,
Olis ketdi – hech yetmadim,
Qo'lim cho'zdim – tutmadim,
Qo'llarimda qo'llarini izi qoldi.

Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi,
Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o'tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadim

Baxtim ko'z yosh singari oqqan kuni, oqqan kuni,
Ko'zi o'zga ko'zga boqqan kuni, boqqan kuni,
Baxtim menga hech bitmadi,
Bir on ko'zdan ketmadi,
Ko'zlarimda ko'zlarining aksi qoldi.

Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi,
Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o'tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadim

Sochlarimda qo'llarini izi, izi, izi qoldi,
Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o'tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadi.

Qo'llar qoldi u tomon talpinib,
Qaytgil, deb ming bor yolvordim o'tinib,
Aksi qolgan ko'zimdan sochib yoshimni,
Usiz qorlar bosdi qora sochimni.

Sochlarimda qo'llarini izi qoldi, izi qoldi,
Ko'zlarimda ko'zlarini aksi qoldi, aksi qoldi,
Mendan o'tgan ayblar nima?
Hayotimdan u jimgina
Chiqib ketdi, hech bilmadim



Credits
Writer(s): Bahrom Nazarov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link