Olti yoshli qiz

Soy qirg'oqda olti yoshli qiz
Turar yig'lab, suvni sho'rlatib.
Oh, shunchalar dilsizmi dunyo?
Murg'ak dilni qo'ydi xo'rlatib.
Qo'lchasida maydagul ro'mol,
Yuzin bosar, hidlaydi to'yib.
Goh ro'molga so'zlashar, ey voh,
Bor dunyoni bir chetga qo'yib.
Pichirlaydi: "Nedir gunohim,
Nega bunday ayriliq judo?" {}
Yolvoraman, nimam olsang ham,
Sen onamni qaytib ber, Xudo. {}
Go'zal edi, cheksiz mehribon,
Erka edim, berardim savol.
Bugun yolg'iz, boqaman holsiz,
Sen onamga o'xshaysan, hilol.
Nima ko'rdim? Har lahzada dard,
Bunda har ne, topilarkan osh.
Qachonlardir qo'lim kuydirgan,
Sen onamning kulchasi – Quyosh.
Qo'msayabman dilimda titroq,
Poying izlab ovora halak, {}
Ming urinmay menga benasib,
Sen onamni o'pib qo'y, falak. {}
Soy qirg'oqda turar olti yoshli qiz,
Yig'laydi zor, ko'nglida nido.
Pichirlaydi: "Jonim ol, haqqi –
Kel, onamni qaytib ber, Xudo..."



Credits
Writer(s): Bahrom Nazarov
Lyrics powered by www.musixmatch.com

Link